Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🚦 Yo‘l xavfsizligi masalalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabullayeva tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori kapitan E. Sapayev bilan uchrashib, hududdagi yo‘l xavfsizligi bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rgandi.

Muloqot davomida A380 avtomobil yo‘lida tezlik nazorati, tungi yoritish tizimi, maktab oldidagi svetoforni ishga tushirish, ko‘priklarni ta’mirlash, kuzatuv kameralarini faoliyatga qaytarish hamda yo‘l belgilarini yangilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mazkur masalalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi. 🤝

Slide 1 of 2