Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Deputatlik nazorati: “Guliston” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputatlari tomonidan “Guliston” mahallasi hududida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida “Navro‘z” hududiy bo‘limini rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha ijrosining borishi yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ularning sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlanishi doimiy e'tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 4