Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#DOIMIY #KOMISSIYA #FAOLIYATI

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.G'oziyev olib bordi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Deputatlarning odob-axloqi, saylovchilar bilan ishlash madaniyati hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish mas’uliyati;
🔹 Kengash sessiyalari va komissiya yig‘ilishlarida reglament talablariga rioya etilishi;
🔹 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik nazorati samaradorligi.
Yig‘ilish davomida deputatlar xalq vakili sifatida qonuniylik, mas’uliyat va fuqarolar bilan ochiq muloqot tamoyillariga amal qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yakunda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda saylovchilar bilan aloqalarni yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |

Slide 1 of 3