Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Iskandarova "Yoshlar maslahat guruhi" a'zolari hamda maktabni kumush medal bilan tamomlagan bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.
🤝 Samimiy suhbat davomida yoshlar erishgan yutuqlar bilan tabriklanib, ularning bilimga intilishi va mehnatsevarligi e'tirof etildi. Shuningdek, oliy ta'lim bosqichi va kelgusi faoliyatida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
💬 "Bugungi kumush medal — ertangi katta yutuqlar va Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shiladigan munosib hissaning poydevoridir."
🌟 Yoshlar ham ko‘rsatilayotgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida yurt ravnaqi yo‘lida bor bilim va salohiyatlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.