Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Qurilish ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj. Shaxmayev hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Qolgʻonsir” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida qurilish jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan sharoitlar doimiy e’tiborda. 🏥🤝

Slide 1 of 4