Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛 Deputat mahalladagi hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

🏡 Shu doirada “Qo‘rg‘on” mahallasida hokim yordamchisi A.Abdumalikovning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

📊 O‘rganish jarayonida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2