Muhokamalar davomida mahalliy budjet daromadlari ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq qarzdorligini qisqartirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Doimiy komissiya tomonidan hisobot qoniqarli deb topilib, taqdim etilgan qaror loyihasini sessiyada ko‘rib chiqish va tasdiqlash maqsadga muvofiq deb hisoblandi.