Jańalıqlar

Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxratjon Xaydarkulovich Raxmonov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Kenjayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uzun tumani “Chaqar” mahallasining “Chinor” va “Yoshlik” ko‘chalari ta’mirlanmaganligi sababli bahorda loy, yozda esa chang-to‘zon bo‘lib, aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi. Ushbu masala yuzasidan saylovchilar tomonidan deputatga qayta-qayta murojaat kelib tushgan.

Deputat Sh.Raxmonov qonuniy vakolatlaridan kelib chiqib, mazkur ko‘chalarga tosh-shag‘al to‘kib berish muammosini ijobiy hal etish hamda amaldagi ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish yuzasidan rasmiy so‘rov kiritdi.

Aholi farovonligi va yo‘llar obodligi yo‘lidagi ishlar nazoratga olingan.