Jańalıqlar

Muqimiy bog‘ida ochiq muloqot: Fuqarolar fikri e’tibor markazida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi vakillari tomonidan Muqimiy bog‘ida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. O‘rganishlar davomida bog‘da dam olayotgan yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud sharoitlar yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganildi.

Suhbatlar davomida bog‘ hududida yaratilgan qulayliklar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda dam oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha fuqarolarning taklif va mulohazalari eshitildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, jamoat joylarida tozalikka rioya qilish va yashil hududlarni asrab-avaylash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Fuqarolar tomonidan bog‘ infratuzilmasini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi. Barcha taklif va mulohazalar qayd etilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga yetkazilishi belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi fikrini o‘rganish, jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda shahrimizdagi istirohat maskanlarini yanada obod va zamonaviy qilishga xizmat qiladi.

Fuqarolar fikri va takliflari — hududlarni rivojlantirishning muhim omili!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3