Jańalıqlar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Nurmatov Botir Erkinovich tomonidan “Yuzrabot” mahallasida amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” loyihasi doirasida qilinayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va pudrat tashkiloti mutasaddi vakili ishtirok etib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sur’ati va belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumot berdilar.

Tashrif davomida mahallada mavjud muammolar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va obodonlashtirish ishlarining sifati muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi.

“Yuzrabot” mahallasini yanada obod va yashash uchun qulay hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sifati deputat nazoratida.

Slide 1 of 4