Jańalıqlar

DEPUTAT NAZORATI: AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

"Mahallabay" tizimi asosida tashkil etilgan ushbu jarayonda fuqarolarning yashash sharoitlari, oilaviy daromad manbalari va ijtimoiy-maishiy muammolari xonadonma-xonadon yurgan holda yaqindan o‘rganildi. Muloqotlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Aniqlangan tizimli muammolarni hal etish va ijrosini ta'minlash maqsadida soha mutasaddilariga deputatlik so‘rovlari yo‘naltirilishi va tuman Kengashi doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida muhokama etilishi rejalashtirildi

Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7