Jańalıqlar

IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov, kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov hamda O‘zXDP Quva tuman Kengashi ijrochi kotibi
M.Abduraxmonova tomonidan Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy
xodimning ish faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy
xizmatlarning sifati va samaradorligi, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash
hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil
qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalarni
qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi, hujjatlar
yuritilishi ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralarining
manzilliligi ham o‘rganildi.


Tahlil yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi, shu bilan birga, kelgusida aholiga ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik
va shaffoflik tamoyillariga amal qilish hamda tizim faoliyatini
takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4