Jańalıqlar

XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Yangichek mahalla
fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga
yo‘naltirish hamda mavjud muammolarini tizimli ravishda hal etish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.


Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan
manzilli ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, daromadli mehnat bilan
ta’minlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida erishilayotgan natijalar o‘rganildi.


O‘rganish davomida sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib,
xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va
turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni yanada
takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

   

Slide 1 of 2