✅Yaqinda 18 yoshini qarshilagan Umidjon Mullayev o‘z uyiga ega bo‘ldi. Insonparvar islohotlarning yorqin namunasi sifatida unga shinam va ko‘rkam xonadon kaliti topshirildi.
✅Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi – mahalliy kengash deputati Qodirjon Erkaboyev, İtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Saidfarruh Islomov va jamoatchilik vakillari qatnashib, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga alohida e’tibor qaratilayotgani “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilning amaliy ifodasi ekanini e’tirof etishdi.
✅Umidjonning yaqinlari otalarcha g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi