Jańalıqlar

"Yulduz" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati I.Shatova shahardagi “Yulduz” mahallasida bo‘lishdi.

⏺Uchrashuv davomida mahalladagi xotin-qizlar faolining bugungi kundagi ish faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha va tahliliy ko‘rib chiqildi.

💬 Xususan:
🟢“Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar va ularning muammolarini hal etish darajasi;
🟢Mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish ko‘rsatkichlari;
🟢Ajrim yoqasiga kelib qolgan va muammoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar holati o‘rganildi.

▶️Tahlillar natijasida faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar, murojaatlar bilan ishlashdagi sustkashliklar va hisobotlarni yuritishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlandi.

💬 Deputatlar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli va dildan muloqot qilish, xotin-qizlar faolining mahalla hayotidagi rolini oshirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va zarur tavsiyalar berdilar.
Slide 1 of 2