Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Anomal issiq kunlarda jonivorlarga mehr va e’tibor ko‘rsataylik !

O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, hayvonot dunyosi umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida nafaqat insonlar, balki mushuklar, itlar, qushlar va hayvonot olamining boshqa vakillari ham jazirama ta’sirini og‘ir kechirmoqda. Bunday kunlarda ular suvga, salqin maskanga va insoniy mehr-muruvvatga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj sezadi.

Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni hayvonot olamiga nisbatan mehr-shafqat va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiramiz.

Imkoningiz bo‘lsa:

- hovlingiz, ko‘cha cheti, yo‘lak yoki daraxt soyasiga toza ichimlik suvi solingan idish qo‘yib qo‘ying;
- imkon darajasida qushlar va jonivorlar uchun oz miqdorda yemish qoldiring;
- issiqdan panoh izlab soya-salqin joylarda yotgan jonivorlarni bezovta qilmang va haydab yubormang;
- imkon qadar ularga zarar yetkazilishining oldini olishga harakat qiling.

Unutmang, bir idish toza suv, ozgina yemish va mehribonlik ko‘plab jonivorlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Tabiat va hayvonot olamiga g‘amxo‘rlik qilish — har birimizning fuqarolik burchimiz va insoniy mas’uliyatimizdir. Mehr-muruvvatli bo‘laylik, chunki tabiatga bo‘lgan e’tibor kelajagimizga bo‘lgan e’tibordir!

Slide 1 of 1