Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyat mudiri – deputati X. Sultonov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Tuproqqal’a tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi rejalashtirilgan obyektlar va yo‘nalishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, ularning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari asosida mazkur masala xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama etilishi belgilangan.