Jańalıqlar

ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nafosat Allaberganova Navbahor mahallasida ish izlayotgan fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ishga joylashish istagidagi fuqarolarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar bandligini ta’minlash va ularga munosib ish imkoniyatlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1