Sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
tumanda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
tumanda 2026-yil jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida;
tumanda ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyasiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida;
tumanda mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida;
boshqa masalalar.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.