Jańalıqlar

Deputat so‘rovi ijrosi: Muammo o‘z vaqtida va ijobiy hal etildi (https://t.me/jarkengmatbuotxizmati/5930)

🔹Joriy yilning 1-may kuni 17-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputat O.Maxmudov tomonidan "Polvonlar yurti" mahallasida istiqomat qiluvchi, I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Kuchkinov Xudoyqul Toshboyevichga amaliy yordam ko‘rsatish, xususan, nogironlik aravachasi bilan ta’minlash yuzasidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🔹Mazkur murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, joriy yilning 12-may kuni fuqaroning xonadoniga borilgan holda ehtiyoj o‘rganildi va yangi nogironlik aravachasi topshirildi.

🔹Fuqaroning farzandi S.Toshboyev o‘z minnatdorchiligini yozma ravishda bayon etib, ko‘rsatilgan e’tibor va tezkor yordamdan mamnunligini bildirdi.

🔹"Xalq manfaati har narsadan ustun. Bizning maqsadimiz — har bir murojaat ortida turgan inson taqdiriga befarq bo‘lmaslikdir."

Slide 1 of 3