Jańalıqlar

Ijro nazoratda: Jarqo‘rg‘on tumanida maktab qurilishi ko‘zdan kechirildi

🔴Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori 18-ilovasi bilan tasdiqlangan 2026-yilgi infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔴Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maktab uchun 660 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino qurish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

🔴O‘rganish davomida asosiy e’tibor qurilish materiallarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligiga qaratildi.

🔴Deputat va mutasaddilar tomonidan Prezident qarori ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

🔴Qurilish tashkiloti rahbarlariga binoni foydalanishga topshirishda nafaqat muddatga, balki ish sifatiga ham qat’iy amal qilish lozimligi takidlab o'tildi.

🔴Bu kabi nazorat tadbirlari tumanimiz yoshlari uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7