Jańalıqlar

Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda

🔴Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugiga qarashli Mash’al mahallasida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
✍️O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✍️Shuningdek, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yaratilgan huquqiy kafolatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
✅Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish, ularga huquqiy tushunchalar berish hamda murojaatlarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3