Jańalıqlar

#Giyohvandlikka Qarshimiz

#GiyohvandlikkaQarshimiz
#Qo‘shko‘pirTumani
#DavraSuhbati
Qo‘shko‘pir tumani Madaniyat markazida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir tuman hokimligi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman IIB hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutaxassislar va mas’ul xodimlar giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit hamda jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida muhim fikr va takliflar bildirildi.
Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 1