Jańalıqlar

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Mirzayev tomonidan “Shiyeli” OFY hududidagi qishloq vrachlik punktida
o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolar murojaatlari holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan kelgusida ham aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3