Jańalıqlar

Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi

Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov "Keregetov" OFY hududidagi bog‘ning holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida bog‘ hududining obodonlashtirilganlik darajasi, yashil hududlarni saqlash, daraxt va gulzorlar parvarishi, aholining dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bog‘ni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hududni obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3