Jańalıqlar

Deputat so‘rovi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 18-okrug deputati Doniyor Yusupov tomonidan tumandagi “Boyjigit” mahallasida jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun yanada xavfsiz muhit yaratish maqsadida hududni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash yuzasidan tuman IIBga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur murojaat asosida tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan mahallada videokuzatuv tizimini o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa aholi xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda mahalladagi nazorat tizimini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6