⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA Bugun tuman Kengashi deputati B.Egamberdiyev ishtirokida "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌 Tadbirda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: 🔹Bolalar ongiga salbiy ta’sir etuvchi, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallardan himoyalanishning huquqiy asoslari; 🔹Axborot mahsulotlaridagi yosh cheklovlari (0+, 7+, 12+, 16+, 18+) va ularga amal qilishning ahamiyati; 🔹Internet tarmog‘idagi xavfli o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlardagi turli yot g‘oyalardan yoshlarni asrash. 🤝 Deputat B.Egamberdiyev o‘z so‘zida farzandlarimizning ma’naviy olamini asrash nafaqat qonun ustuvorligi, balki har bir ota-ona va jamoatchilikning vijdoniy burchi ekanligini alohida ta’kidladi.