Jańalıqlar

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori vositalari bilan ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida deputat o‘z saylov округи hududida joylashgan 39-son oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

🩺💊O‘rganish davomida muassasada aholiga bepul asosda berilayotgan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash sharoitlari, fuqarolarga yetkazib berish tartibi hamda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, poliklinika rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, aholining tibbiy xizmatlardan samarali foydalanishini ta’minlash, bepul dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish va aholining murojaatlariga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5