Prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazgan selektori mazmun-mohiyati yuzasidan munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan selektor yig‘ilishi mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim va dolzarb vazifalarni yana bir bor belgilab berdi.
Selektorda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarga barham berish, oilaviy nizolar profilaktikasi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu vazifalarning hayotga tatbiq etilishi, avvalo, mahalla kesimida tizimli va manzilli ishlarni tashkil etishni taqozo etadi.