Jańalıqlar

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yigilishda kuni kecha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar,doimiy komissiyalar faoliyati, sessiyalar jarayoni va sessiya ma'lumotlari, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi yuzasidan aniqlangan kamchilklar tahlil qilindi hamda kotibiyatning ijro intizomi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga,ayrim doimiy komissiya va deputatlar tomonidan biriktirilgan qonunlar nazorati boyicha sustkashliklar kuzatilgani qayd etildi.

Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali deputatlar faoliyatni muntazam yoritib borish, shuningdek,tizimli ravishda nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2