Jańalıqlar

Deputat faoliyatidan

 Deputat faoliyatidan 

“Xalq bilan birga” dasturi doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning innovatsion g‘oya va
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy uchrashuv tashkil
etildi.
 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Jabborov Bekzod Jasorat
maktabida bo‘lib, yoshlarning startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida, ayniqsa, robototexnika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
amaliy ishlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlarga alohida
e’tibor qaratildi.
 

Deputat tomonidan yoshlarning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini
yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning startap tashabbuslarini rivojlantirish
hamda amaliy loyihalarni keng joriy etish yuzasidan tegishli tavsiya va
ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 1