Jańalıqlar

AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM TOPILDI

Bekobod tumanining Achamayli  mahallasi aholisi uzoq yillardan beri ko‘tarib kelayotgan muammosi yechildi. 

Tadbirkorlar tomonidan shag‘al qazib olib tashish jarayonida mahallaning ichki ko‘chalaridan katta yuk mashinalarining qatnashi natijasida yo‘llar buzilib, aholi yashashiga noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati  H.Jumaboev tuman hokimining 1-o‘rinbosari E.Imamov bilan tegishli tashkilotlar ishtirokida masalani joyiga chiqib o‘rganib,tadbirkorlar bilan kelishib aholi muammosini hal etishdi.

Slide 1 of 4