Jańalıqlar

Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputati Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk ipak yo‘li mahallasida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududda soliq tushumlarini oshirish, mavjud qarzdorliklarni kamaytirish, soliq intizomini mustahkamlash hamda tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha tushuntirish ishlari qay darajada olib borilayotgani ham alohida e’tiborga olindi.

Slide 1 of 2