Jańalıqlar

Jamoatchilik nazorati o‘tkazildi

Qo‘shko‘pir tumanida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi

Qo‘shko‘pir tumanidagi “Said Muhammad Temur” fermer xo‘jaligida jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Unda Хalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Allaberganov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdilar.

🌱 Tadbir davomida: — paxta va bug‘doy ekinlarining holati;

— agrotexnik tadbirlarga amal qilinishi;

— o‘simliklarni himoya qilish ishlari o‘rganildi.

☀️ Shuningdek, fermer xo‘jaligida energiya samaradorligi, xususan, quyosh panellaridan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

👥 Mutaxassislar tomonidan fermerga amaliy tavsiyalar berilib, samaradorlikni oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1