Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Bepul dori vositalari: holat qanday?

 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolarning bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holatini o‘rganishdir.

Alpomish mahallasidagi 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida aynan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishda:
🔹 imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash;

🔹 mavjud dori-darmonlarning holati;

🔹 dori vositalarini fuqarolarga yetkazish amaliyoti;

🔹 ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar va mavjud muammolar

tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanishda fuqarolarga, ayniqsa, ehtiyojmand va imtiyozli toifadagi aholiga qulaylik yaratish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash masalasiga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Bepul dori — imtiyoz emas, qonunchilikda belgilangan huquq. Ushbu huquqning amalda ta’minlanishi deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.

Slide 1 of 2