Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi

Deputat o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F. G‘oziyeva o‘zi saylangan saylov okrugida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab kutubxonasining faoliyati, kitob fondi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Deputat o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning ta’lim-tarbiya jarayoni, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi hamda maktabdagi sharoitlar yuzasidan fikr va takliflarini tingladi.

Muloqot jarayonida yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat F. G‘oziyeva tomonidan o‘quvchi-yoshlarning takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2