Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔰Mahallada bepul huquqiy yordam targ‘iboti.

📌Jizzax shahridagi “Madaniyat” mahallasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar “Madad” NNT byurosi bosh mutaxassisi O.G‘ulomov, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Murodova va shahar Adliya bo‘limi xodimlari hamkorlikda ishtirok etdi. Tadbirga, shuningdek, mahalla “Yettiligi” va ijtimoiy markaz xodimlari ham jalb etildi.

🔸Uchrashuvda aholiga, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi yuridik yordam tizimi va “Madad” NNTning imkoniyatlari tushuntirildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy maslahatlar olishdi.


Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 3