35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA OILALAR MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILMOQDA

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA OILALAR MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILMOQDA

✅ Boysun tumani hokimi, tuman prokurori, mahalla «yettiligi» va mas’ullar ishtirokida Mustaqillik mahallasida xonadonbay o‘rganish hamda aholini xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganishlar davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, yashash sharoiti, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari, mavjud imkoniyatlari va qo‘shimcha daromad topish salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Jumladan, kambag‘allik reestrida turuvchi Majidova Hilola Shokir qizi va Raxmonova Navbahor Qudratullaevnaning xonadonlarida bo‘lib, oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, oilaviy sharoiti, daromad manbalari hamda bandlik imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

✅ Suhbatlar jarayonida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joyida hal etish, oila a’zolarini daromadli mehnatga jalb qilish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

📌 Bunday xonadonbay o‘rganishlar oilalarning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlash, har bir muammoga manzilli yondashish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6