35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

PASURXI MAHALLASIDA DOLZARB VAZIFALAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI

 PASURXI MAHALLASIDA DOLZARB VAZIFALAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI

✅ Tuman hokimi boshchiligida Pasurxi mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish va muhokama ishlari olib borildi.

✅ Unda tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, viloyat hokimligidan biriktirilgan vakillar, tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

✅ Muhokama davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati, hududlarni tartibga keltirish, sanitariya-tozalik talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish, mahallada mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

🤝 Maqsad — mahallada aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, hududni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlash.

Slide 1 of 6