️ “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida loyiha kiritish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bosqich 15-iyuldan 3-avgustga qadar davom etdi.
Mazkur bosqich davomida jami 23 551 ta loyiha kelib tushdi. Joriy yilning 4-avgustidan 18-avgustigacha mazkur loyihalarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol bo‘ling!