35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati o‘rganildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 59-Kenagas saylov okrugi deputati E. Hamroyev tomonidan aholini maishiy ehtiyojlar uchun suyultirilgan gaz bilan ta’minlash hamda xonadonlarni gaz ballonlari bilan uzluksiz ta’minlash holati yuzasidan monitoring tartibida o‘rganishlar olib borildi.

➡️ O‘rganishlar davomida hududlarda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoni, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

♾ Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, aholining gaz ta’minotidan foydalanish borasidagi fikr-mulohazalari hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

⚡️ Monitoring jarayonida xizmat ko‘rsatish sifati, gaz ballonlarini yetkazib berish tizimi va aholi ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

‼️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

✅ Aholining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash va xizmatlar sifatini oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5