35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining deputati M. Karimova o‘z saylov okrugidagi xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Kulolon mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
Xotin-qizlar bilan uchrashuv: muammo va takliflar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 8 Charx Kamolon okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi xotin-qizlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning murojaat, taklif va tashabbuslarini tinglash, shuningdek, mavjud masalalarga amaliy yechim topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, oilaviy farovonligini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qiynab kelayotgan boshqa masalalar atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat va ko‘tarilgan masalaga alohida e’tibor qaratilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi. Ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Bunday ochiq va bevosita muloqotlar aholi, xususan, xotin-qizlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor — oilalar farovonligi, jamiyat barqarorligi va yurt taraqqiyotiga qaratilgan e’tibordir.

Slide 1 of 5