35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozordagi narx-navo holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova tashabbusi bilan o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
DEPUTAT NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANDI.

O‘rganish jarayonida  qonunda belgilangan asosiy  yo‘nalishlar aholining  ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining malakali xodimlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlari hamda malakali ishchi kuchiga oid takliflar ta’lim va kasbga o‘qitish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur  tikivchilik sexi  YATT Yuldosheva Nargiza Shermo‘minovna tomonida tashkil etilgan bo‘lib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun zamonaviy o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatlar berish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur  tikivchilik sexi tomonidan 6 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 6 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan.
Mazkur  tikivchilik sexi xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, “Jaloir” mahallasidagi xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga mustahkam zamin yaratadi.

Slide 1 of 3