35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Saroy mahallasida bo‘lib, murojaati va muammolari mavjud fuqarolar holatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida faol ishtirok etmoqda.
янв.21
Oqrabot mahallasida uchrashuv va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat bozordagi narx-navo holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova tashabbusi bilan o‘z saylov okrugida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda

"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda
Qiziltepa tumani Oboddiyor mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida biriktirilgan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari R. Ortiqov hamda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i F. Muhammadov ishtirokida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.

📌 O‘rganishlar davomida:
🔹 aholi murojaatlari, muammo va takliflari tizimli tahlil qilindi;
🔹 ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borildi;
🔹 kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi;
🔹 obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash ishlarida aholi faolligini oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar amalga oshirildi.

Mahallalarda olib borilayotgan bunday tizimli ishlar aholining turmush farovonligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududlarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4