DEPUTAT HISOBOT BERDI: “RAVOT” MAHALLLASIDA UCHRASHUV
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N.Bahriyev o‘zi saylangan “Ravot” mahallasida saylovchilar va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputatning hisobot davridagi faoliyati, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirgan ishlari tinglandi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda mahalladagi mavjud muammolar muhokama qilinib, fuqarolardan tushgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi.