Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining qonun ijodkorligi va deputatlik faoliyatida huquqiy bilimlarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Eng muhim qonunlar” to‘plamini deputatlar o‘rtasida taqsimlash tadbiri tashkil etildi.
Mazkur to‘plam avvalgi 96 ta qonundan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda unga qo‘shimcha ravishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar kiritilib, qonunlar soni 162 taga yetkazildi.
Yangilangan to‘plam mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini qamrab olgan bo‘lib, deputatlarning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishiga xizmat qiladi.
Tadbir davomida to‘plamning ahamiyati, undan deputatlik faoliyatida samarali foydalanish, aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi mavjud muammolarni huquqiy jihatdan hal etishdagi o‘rni xususida fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qonunlar to‘plamining deputatlar kesimida taqsimlanishi ularning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati samaradorligini yana-da yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4