Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi M.Toshboltayeva ishtirokida doimiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Muhokama davomida doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosi, unda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida berilgan tavsiya va takliflarning ijro holati, ularning amaliy natijalari hamda fuqarolarning murojaatlari asosida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida qarorlar ijrosini monitoring qilish, qonunchilik talablariga muvofiq nazoratni kuchaytirish, huquqiy jihatdan amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda davlat organlari va tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2