Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Andijon shahar 7-son texnikumi o‘quvchilari uchun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G.A. Ismailova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlar bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri kitob tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mutolaaning inson kamoloti va kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda har bir yosh o‘z kasbini puxta egallashi, ma’naviy dunyoqarashini boyitishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun kitobni eng yaqin do‘stiga aylantirishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kitobni nafaqat o‘qish, balki uning mazmun-mohiyatini anglash, tahlil qilish va hayotga tatbiq etish tafakkur, intellektual salohiyat hamda dunyoqarashni yuksaltirishi, zamonaviy axborot makonida faol tashabbuskor bo‘lishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 4