Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat O. Isanovning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi "Amir Temur" mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman ichimlik suvi va oqova suv ta'minoti korxonasining bosh mutaxassisi B. Suvonov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta'minoti sohasida yuzaga kelayotgan noreal qarzdorliklar, shuningdek, aholi foydalanayotgan suv iste'moli hisobga olish vositalarini (hisoblagichlarni) ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Mutasaddi mutaxassis tomonidan murojaatlarda qayd etilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va yuzaga kelgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar bildirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4