Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

📑 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masala — Shovot tumani hokimligida ijro intizomi holati hamda Prezident farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
📌 O‘rganishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlil qilindi:
📖 PF–6166-son Farmon (2021-yil 10-fevral) – davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish.
💻 PQ–5132-son Qaror (2021-yil 31-may) – "Ijro.gov.uz" idoralararo yagona elektron tizimi samaradorligini ta’minlash.
⚖️ PF–117-son Farmon (2025-yil 25-iyul) – davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar.
👥 O‘rganish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov, doimiy komissiyalar raislari G.Dosova va A.Kalandarov, Kengash kotibiyati mudiri hamda tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi I.Jumaboyev ishtirokida olib borildi.
📊 O‘rganish davomida:
✅ Prezident hujjatlari ijrosi;
📌 "Ijro.gov.uz" tizimida nazoratning tashkil etilishi;
⏳ Topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi;
📂 Ijro intizomi holati;
⚡️ Rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati;
📝 Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha tahlil qilindi.
🎯 O‘rganish yakunlari asosida tayyorlangan xulosa va takliflar Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.
🤝 Kuchli ijro intizomi — samarali davlat boshqaruvi va fuqarolar ishonchining muhim omilidir!

Slide 1 of 3